logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bavariya" Antonining bayonotiga izoh berdi

 22 NOYABR, 2025, 08:24

"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd klubga o'tishdan bosh tortgan vinger Antoni haqida gapirdi.

Yaqinda braziliyalikning o'zi yana bir bor Myunxen grandi yozgi transfer oynasi yopilishi oldidan u bilan bog'langani, ammo u "Betis"ga va'da berib bo'lgani uchun rad javobini berganini aytdi.

"O'sha paytlar vaziyat notinch edi. Biz bir nechta o'yinchi nomzodlarini ko'rib chiqdik - ular orasida Antoni ham bor edi. Biz gaplashdik, lekin bu o'tmishda qoldi. Hozirgi tarkibimizdan juda mamnunmiz. O'ylaymanki, biz o'sha vaziyatda a'lo darajada qaror qabul qildik," - dedi Froynd jurnalist Florian Plettenbergga bergan intervyusida.

Antoni o'tgan mavsum "Manchester Yunayted"dan ijara asosida "Betis" sharafini himoya qilgan edi. 1 sentyabr kuni Sevilya shahri klubi 25 yoshli futbolchini 22 mln evroga sotib oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ