logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alisson qaytdi - Slot tasdiqladi

 22 NOYABR, 2025, 07:42

"Liverpul" posboni Alisson safga qaytdi. Bu haqda juma kungi matbuot anjumanida mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot ma'lum qildi.

"Alisson o'tgan hafta va bu hafta to'liq mashg'ulot o'tkazdi, shuning uchun u ertaga o'ynashi mumkin. Agar bugun hammasi yaxshi o'tsa va u tayyor bo'lsa, asosiy tarkibda maydonga tushadi," - dedi Slot jurnalistlarga.

Ma'lumki, Alisson sentyabr oyining so'nggi oqshomida Istanbulda "Liverpul" "Galatasaroy"ga yutqazganida (0:1) jarohat olgan edi. Braziliyalik darvozabon turli musobaqalarda jamoaning sakkizta o'yinini o'tkazib yubordi.

22 noyabr, shanba kuni "Liverpul" Premer-ligada "Nottingem Forest"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ