"Bavariya" va "Manchester Siti" istiqbolli himoyachi uchun kurash olib boradi
22 NOYABR, 2025, 07:24
"Feyenoord"ning o'ng qanot himoyachisi Jivayro Ridga Evropa grandlari qiziqishda davom etmoqda. 19 yoshli futbolchini Myunxenning "Bavariya" klubi diqqat bilan kuzatib bormoqda, shuningdek, niderlandiyalik futbolchi "Manchester Siti" short-listidan joy oldi, deb xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Qayd etilishicha, "shaharliklar" qishki transfer oynasida mudofaaning o'ng qanotini kuchaytirishni rejalashtirayotgani sababli, yanvar oyidayoq istiqbolli qanot futbolchisi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rishi mumkin.
Jivayro Ridning "Transfermarkt"ga ko'ra narxi 20 mln evroni tashkil etadi. Futbolchining "Feyenoord" bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha amal qiladi.
