Donnarumma "Manchester Siti"dagi o'yinini baholadi
22 NOYABR, 2025, 07:18
“Manchester Siti” darvozaboni Janluidji Donnarumma Angliyadagi ilk oylari haqida fikr bildirar ekan, Premer-ligadagi yuqori tezlik va intensivlik uni hayratga solganini tan oldi.
“Premer-ligaga kelib, darhol jamoamga foydal keltiraman deb kutmaganman. Meni jamoadoshlarim juda yaxshi qabul qilishdi — ayniqsa, ilk o'yinda ("Manchester Yunayted"ga qarshi) ularning yordami juda muhim edi,” — dedi Donnarumma City Xtraga.
“Birinchi mashg'ulotdayoq o'zimni go'yo bu erda ikki yildan buyon o'ynayotgandek his qildim. APLda sharoitlar mutlaqo boshqa: juda intensiv futbol, ko'p yugurish kerak. Shuning uchun tez moslashishimga to'g'ri keldi.”
Donnarumma “Siti” safida 12 ta o'yinda ishtirok etib, bor-yo'g'i 7 ta gol o'tkazib yubordi.
