"PSJ" futbolchilarning jarohatlari bo'yicha bayonot berdi
21 NOYABR, 2025, 22:48
"PSJ" xalqaro pauzadan so'ng o'z rasmiy saytida jarohat olgan futbolchilarning holati haqida yangilangan ma'lumotlarni joylashtirdi.
Liga 1 grandi hujumchisi Usmon Dembele tiklanishning yakuniy bosqichida ekanini ma'lum qildi. Himoyachi Ashraf Hakimiy va hujumchi Dezire Duega kelsak, ular individual reabilitatsiya dasturlari bo'yicha ishlashda davom etmoqda.
"PSJ" futbolchilarning maydonga qaytish muddati haqida hech qanday ma'lumot bermadi.
Frantsiya chempionatining navbatdagi o'yinini "PSJ" 22 noyabr, shanba kuni o'z maydonida "Gavr"ga qarshi o'tkazadi.
