"Liverpul" yulduzi yana "yo'q" dedi
21 NOYABR, 2025, 18:48
Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, frantsuz himoyachisi Ibraima Konate “Liverpul” bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirish bo'yicha taklifni qabul qilmagan.
Klub unga juda yuqori maoshli taklif yo'llagan bo'lsa-da, muzokaralar ijobiy natija bermagan.
26 yoshli frantsuzning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Unga Evropaning boshqa grand klublari da'vogarlik qilmoqda.
