Flik "Barselona"ga etishmayotgan narsa nima ekanligini aytdi
21 NOYABR, 2025, 18:42
“Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flik jamoaning kelajagi borasida ishonch bilan fikr bildirdi. Unga ko'ra, ayni damda jamoaga etishmayotgan asosiy narsa — bu ishonch.
“Ehtimol, bizga biroz ishonch etishmayotgandir. Lekin ba'zi futbolchilar safga qaytyapti, bu bizga juda katta yordam beradi. Bizda fantastik jamoa bor, agar Vigoda ko'rsatgan darajada o'ynasak, hammasi yaxshi bo'ladi,” — dedi Flik Goal portaliga.
La Ligada “Barselona” hozircha ikkinchi o'rinda bormoqda. Flik jamoasi Madridning “Real” klubidan atigi uch ochko orqada.
