logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola: "U — eng yaxshilaridan biri"

 21 NOYABR, 2025, 18:36

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida o'z karerasi davomida boshqargan futbolchilar orasida Bernardu Silvaning o'rni haqida fikr bildirdi.

“U — eng yaxshilardan biri. Top-darajada. Juda yuqori sifat. Bernardu hammasini qila oladi. U gol yoki assistlar bo'yicha eng yuqori o'rinlarda turmasligi mumkin, lekin u jamoaga va o'ziga statistikaga kirmaydigan juda qimmatli narsalarni beradi.
Uning jamoaga qo'shadigan hissasi o'yinlarni yutishda beqiyos ahamiyatga ega. U, albatta, men boshqargan futbolchilar orasidagi eng zo'rlardan biri,” — dedi Gvardiola.

Bernardu Silva “Siti” safida 2017 yil yozidan beri o'ynab kelmoqda va Gvardiola tizimidagi eng universal, ishonchli va texnik jihatdan mukammal futbolchilardan biri sifatida e'tirof etilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ