logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

FIFA Series 2026 musobaqalaridan biri O'zbekistonda o'tkaziladi

 21 NOYABR, 2025, 18:36

FIFA 2026 yil mart-aprel oyidagi xalqaro oynasi doirasida "FIFA Series 2026" mini-musobaqalari uchun mezbon mamlakatlar nomini e'lon qildi.

Erkaklar o'rtasidagi FIFA Series quyidagi mamlakatlarda o'tkaziladi:

O'zbekiston, Avstraliya, Ozarbayjon, Indoneziya, Qozog'iston, Mavrikiy, Puerto-Riko va Ruanda.

FIFA tarqatgan xabarga ko'ra, "FIFA Series" turnirlari milliy assotsiatsiyalarga bir qator muhim afzalliklar beradi:

— Texnik o'sish: yangi o'yin uslublari va taktik yondashuvlar bilan yuzma-yuz kelish orqali rivojlanish.
— Tijorat imkoniyatlari: yangi bozorlar hamda rivojlanayotgan futbol mamlakatlari uchun ko'proq imijga ega bo'lish.
— Madaniy almashinuv: futbolning yagona tili orqali jahon bo'ylab xalqlarni bog'lash.

2022 yil dekabrida FIFA Kengashi tomonidan tasdiqlangan FIFA Series, shuningdek, futbol infratuzilmasini rivojlantirayotgan mamlakatlarga yirik musobaqalar sharoitiga yaqin bo'lgan xalqaro o'yin tajribasini berilishiga yordam beradi. Bu texnik va tashkiliy rivojlanishni qo'llab-quvvatlaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ