Usik zamonaviy boksdagi asosiy muammoni aytdi
21 NOYABR, 2025, 17:16
Superog'ir vaznda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 38 yoshli jahon chempionining fikricha sportda sohani tushunmaydigan ahmoqlar ko'payib ketgan."Ayni damda boksdagi eng katta muammo? Fikrimcha, bu faqat sport uchun ishlamaydigan ahmoq odamlar", - dedi Usik o'zining YouTube kanalida o'tkazilgan blic savol-javobda.
Malumot uchun, Usik 20 iyul kuni London shahridagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tgan so'nggi jangida britaniyalik Daniel Dyubuani beshinchi raundda nokautga uchratib, mutlaq jahon chempioniga aylangandi.

Manba: olamsport.com
