"Arsenal" "Manchester Yunayted"da qadrlanmagan yulduzni 80 million evroga sotib olmoqchi
21 NOYABR, 2025, 11:54
"Napoli" yarim himoyachisi Skott Maktominay Angliya chempionatiga qaytishi mumkin. Team Talk xabariga ko'ra, shotlandiyalik futbolchini Londonning "Arsenal" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Neapolda xavbekni jamoaning eng muhim o'yinchilaridan biri deb bilishadi va shuning uchun uni 80 million evrodan kamiga sotishmoqchi emas. Transfermarkt Skottning narxini 50 mln etib belgilagan.
Ma'lumot uchun, Maktominey 2025/2026 yilgi mavsumda 14 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Yarim himoyachi va "Napoli" o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.
Skott APLda "Manchester Yunayted" sharafini uzoq yillar himoya qilgan.
