logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

VI Islom birdamligi o'yinlari. Medallarimiz 93 taga etdi. Eron bilan "tilla" tafovuti 4 tani tashkil qilmoqda (To'liq jadval)

 21 NOYABR, 2025, 09:16

O'zbekiston sport delegaciyasi Ar-Riyod shahri mezbonlik qilayotgan VI Islom birdamligi o'yinlarining kechagi kun doirasida 11 ta medal qo'lga kiritdi.

O'tgan kuni 4 ta medal bilan cheklangan edik. Kecha 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medalini rasmiylashtirdik. Bu bilan umumiy medallarimiz soni 93 taga etdi - 29 ta oltin, 34 ta kumush, 30 ta bronza. Medallar jamg'arish bo'yicha Turkiya terma jamoasi hamon juda katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Turk qardoshlarimiz 71 ta oltin, 44 ta kumush, 35 ta bronza, jami 150 ta medal qo'lga kiritib ulgurishdi. Kechagi bahslarda ular xuddi bir kun oldingi singari 10 ta medalga ega chiqishdi.   

Ikkinchi o'rin uchun kurash O'zbekiston va Eron sport delegaciyalari orasida davom etmoqda. Kechagi kun yakuni bo'yicha Eron bilan o'rtadagi oltin medallar tafovuti 4 tani tashkil qilmoqda. Biz forslarga qaraganda 4 ta oltin, 15 ta kumush ko'p jamg'arganmiz. Bronza medallarimiz soni teng - 30 tadan!

Mezbonlar Saudiya Arabistoni terma jamoasi 7-pog'onadan 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Saudlar hisobida 18 ta oltin, 10 ta kumush, 26 ta bronza, jami 54 ta medal bor. Misr, Bahrayn, Qozog'iston, Nigeriya, Marokash va Ozarbayjon terma jamoalari Top-10`talikdan joy olgan. 

Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi uchun kechagi kun omadli keldi. Qo'shnilarimiz biz singari kecha 3 ta oltin, 4 ta bronza medali qo'lga kiritishdi. Ular 20-pog'onadan 13-o'ringa ko'tarilib olishdi.  


Markaziy Osiyo davlatlarining medallar jamg'arish bo'yicha o'rni: 

2. O'zbekiston — 29 ta oltin, 34 ta kumush, 30 ta bronza

7. Qozog'iston — 14 ta oltin, 16 ta kumush, 20 ta bronza

13. Qirg'iz Respublikasi — 4 ta oltin, 4 ta kumush, 10 ta bronza

26. Afg'oniston — 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza

28. Tojikiston — 3 ta kumush, 3 ta bronza

Turkmaniston hali medal olmagan.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ