logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gattuzo: "Biz Shimoliy Irlandiyani mag'lub etishga qodirmiz"

 21 NOYABR, 2025, 09:06

2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun Italiya terma jamoasi o'z maydonida Shimoliy Irlandiyani, keyin esa mehmonda Uels - Bosniya va Gertsegovina o'yini g'olibini mag'lub etishi kerak. O'tish o'yinlari qur'asidan keyin "skuadra adzurra" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo izoh berdi.

"Birinchi o'yin haqida o'ylayapmiz. Shimoliy Irlandiyani yutish qo'limizdan keladi. Yaxshi o'yin o'tkazishimiz kerak - biz bunga qodirmiz. Biz Uels va Bosniyani bilamiz. Kardiffdagi stadionda hammada muammolar bo'ladi, ammo hozir birinchi o'yinga e'tibor qaratishimiz kerak," - dedi Gattuzo RaiSport’ga.

Italiya - Shimoliy Irlandiya uchrashuvi 2026 yilning 26 mart kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ