logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Siti" "Nyukasl" himoyachisi uchun pul va darvozabon Traffordni berishga tayyor

 21 NOYABR, 2025, 09:00

"Manchester Siti" klubi "Nyukasl" himoyachisi Valentino Livramentoga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda TEAMTalk.

Manbaga ko'ra, "Siti" 23 yoshli inglizni qishda o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi. Manchesterliklar puldan tashqari, kelishuvga darvozabon Jeyms Traffordni ham qo'shishga tayyor. Qayd etilishicha, 23 yoshli posbonga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsumda Livramento barcha musobaqalarda 8 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ