Taniqli insayder Fyullkrugning A Seriya top-klubiga o'tishi mumkinligini ma'lum qildi
21 NOYABR, 2025, 08:54
"Vest Xem" hujumchisi Niklas Fyullkrug "Milan"ning yanvar oyidagi transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. 32 yoshli futbolchi londonliklar jamoasidagi holatidan norozi va qishki transferlar oynasida ketishni rejalashtirmoqda. Germaniyalik futbolchiga da'vogarlar orasida "rossonerilar" ham bor - bu ma'lumotni nufuzli insayder Janluka di Martsio ham tasdiqladi: "Bu oson kelishuv emas, ammo ishonchim komilki, "Milan" imkoniyatdan foydalanishga tayyor," - dedi transfer mutaxassisi.
Niklas Fyullkrug joriy mavsum "bolg'achilar"ning ettita o'yinida qatnashib, samarali harakat qilmadi. Forvardning Transfermarkt portalidagi narxi - 10 mln evro.
