logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi" 9 ta klub qiziqayotgan futbolchisini qo'yib yuborishga tayyor

 21 NOYABR, 2025, 08:48

Frantsiyalik markaziy himoyachi Aksel Disasi Londonning "Chelsi" klubini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, qishki transferlar oldidan Disasiga "Galatasaroy", "Monako", "Bornmut", "Vest Xem", "Kristal Pelas", "Fiorentina", "Yuventus", "Borussiya" Dortmund va "Sevilya" klublari qiziqish bildirmoqda. Ta'kidlanishicha, "Chelsi" futbolchi bo'yicha takliflarga ochiq. "Ko'klar" himoyachini 25 million evroga sotishga yoki ijaraga qo'yib yuborishga tayyor.

Joriy mavsumda Disasi asosiy jamoa safida biror marta maydonga tushmadi. Frantsuzning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari 27 yoshli futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ