logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Hakimiyning agenti futbolchining "Real"ga qaytishi haqidagi savolga javob berdi

 21 NOYABR, 2025, 08:30

"PSJ"ning o'ng qanot himoyachisi Ashraf Xakimiy manfaatlarini himoya qilayotgan agent Alexandro Kamano futbolchining "Real"ga qaytishi haqida gapirdi.

Marokashlik futbolchi faoliyatini "Qirollik klubi"da boshlagan va 2020 yilda Milanning "Inter" klubiga o'tishdan oldin klub tizimida jami 14 yilga yaqin vaqt o'tkazgan.

"Hakimiyning "Real"ga qaytishi? U Parijda baxtli, "PSJ" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan, ammo futbolda imkonsiz narsaning o'zi yo'q. "Real" - uning uyi," - dedi Kamano SportMediaset nashriga bergan intervyusida.

Ashraf Hakimiy parijliklar safida 2021 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Afrikaning 2025 yildagi eng yaxshi futbolchisining transfer narxi Transfermarkt portali tomonidan 80 mln evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ