Angliyaning uch grandi "Bornmut"dan Semeno uchun kurash olib bormoqda
21 NOYABR, 2025, 08:18
"Bornmut" yanvarda vinger Antuan Semenoni saqlab qolishi oson bo'lmaydi. Ganalik joriy mavsumda ajoyib o'yin namoyish etmoqda va transfer bozorida katta talabga ega.
Nufuzli jurnalist Devid Ornshteynning ma'lum qilishicha, "giloslar"ning 25 yoshli yulduzi uchun bahsda ayni damda "Liverpul", "Manchester Siti" va "Tottenxem" klublari ishtirok etmoqda. Avvalroq boshqa manbalar mersisaydliklar bilan muzokaralar boshlangani, shuningdek, futbolchi Arne Slot jamoasiga o'tishga tayyorligi haqida xabar bergandi.
Transfermarkt portali Antuan Semenoning narxini 55 mln evroga baholamoqda, biroq kelishuv qimmatroq bo'ladi - 70 mln evrodan ko'proq, bu futbolchining "Bornmut" bilan shartnomasidagi tovon puli bandida ko'rsatilgan.
