logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xabi Alonso Mbappe va Vinisius bilan "Real" hujum chizig'ida kim o'ynashi kerakligini hal qilolmayapti

 21 NOYABR, 2025, 06:12

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso hamon jamoaning hujum uchligida uchinchi futbolchini tanlay olmadi.

Kilian Mbappe va Vinisius Junior odatda "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibida maydonga tushadi, hujum chizig'idagi uchinchi bo'lish uchun kurash esa bir necha futbolchilar o'rtasida kechadi. Marca xabariga ko'ra, o'sha uchinchi o'ringa da'vogarlarning hech biri haligacha o'z o'yini bilan Alonsoni ishontira olgani yo'q. Ispaniyalik mutaxassis hujumda optimal kombinatsiya izlashda davom etmoqda.

"Real" yakshanba kuni La Liga 13-turidan o'rin olgan "Elche"ga qarshi bahs olib boradi. Ayni vaqtda Madrid grandi Ispaniya chempionati turnir jadvalida "Barselona"ni 3 ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ