Gants: "Men har doim Leauga ishonganman"
21 NOYABR, 2025, 05:30
Italiyaning "Milan" klubi sobiq hujumchisi Mauritsio Gants Massimiliano Allegri bilan Rafael Leauning muvaffaqiyatlaridan mamnun.
"Uning o'yini meni hayron qoldirmaydi, men har doim unga yaxshi munosabatda bo'lganman, uning kuchiga hurmat bilan qaraganman. U maydon markazida emas, darvoza oldida xavfli. Allegriga maydonda Rafaning pozitsiyasini topgani uchun qoyil. U o'yinni tezda raqib darvozasiga yaqinlashtira oladi," - deya Gantsning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Leau "Milan" safida 2019 yildan buyon to'p tepib kelmoqda, bungacha u Frantsiyaning "Lill" va Portugaliyaning "Sporting" kabi klublari sharafini himoya qilgan.
