Abbyatti: "Menyan oyoqda yaxshi o'ynayi"
21 NOYABR, 2025, 04:54
"Milan"ning sobiq darvozaboni Kristian Abbyatti 2021 yildan beri "rossonerilar" darvozasini qo'riqlayotgan frantsiyalik posbon Mayk Menyan haqida gapirdi.
"Biz bir-birimizdan farq qilamiz, u oyoqlari bilan yaxshi harakat qiladi va yuqori linyada o'ynashni yaxshi ko'radi. Men oyoqlarim bilan yaxshi o'ynamasdim, balki biz futbolda turli davrlarda harakat qilganimiz uchundir," - deya Abbyattining so'zlarini keltiradi pianetamilan.
Eslatib o'tamiz, Abbyatti 1998-2016 yillarda "Milan" sharafini himoya qilgan, ammo asosan zaxira darvozaboni sifatida to'p tepgan. Hozirda Italiya klubi A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
