Mariya Timofeeva Lyuksemburg turnirida 1/4 finalga chiqdi
20 NOYABR, 2025, 19:32
O'zbekistonning birinchi raketkasi Lyuksemburgning Petanj shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha ITF W75 turnirida muvaffaqiyatli odimlamoqda.Biroz avval tennischimiz 1/8 finalda WTA reytingida 440-pog'onada borayotgan germaniyalik Mina Xodjichni 6/4, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 97 daqiqa davom etgan.
Malumot uchun, 22 yoshli Mariya Timofeeva hozirda WTA reytingida 151-o'rinni egallab turibdi. Vakilamizning 1/4 finaldagi raqibasi kechroq malum bo'ladi.

Manba: olamsport.com
