logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

York: "Amorim yoshlarga ishonch bildirishi kerak"

 20 NOYABR, 2025, 18:42

Yaqinda "Manchester Yunayted" forvardi Benyamin Sheshko jarohat olib, bir oyga safdan chiqdi. Sloveniyalik hujumchining yo'qligi fonida mankunianliklarning sobiq futbolchisi Duayt York murabbiylar shtabini yosh futbolchilarga imkoniyat berishga chaqirdi.

"Amorim yosh futbolchilarga ishonib, yangi iqtidorlarni jalb qilishi kerak. Sheshko jarohat olgan paytda ularga ozgina bo'lsa-da imkon berish kerak. "Yunayted" avvalroq zaxira o'yinchilarini sotib olardi va bu ish bermaganini ko'rdik," - deya Yorkning so'zlarini keltiradi Snabbare.

Angliya Premer-ligasining 11-turidan so'ng "qizil iblislar" 18 ochko bilan turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. Dushanba kuni Ruben Amorim jamoasi o'z maydonida "Everton"ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ