"Liverpul" yarim himoyachisini bir qator jamoalar ijaraga olishga tayyor
20 NOYABR, 2025, 17:00
"Liverpul" markaziy yarim himoyachisi Trey Noni yanvar oyida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, Angliya va Evropaning bir qator klublari 18 yoshli inglizni ijaraga olish istagida.
"Liverpul" uning yaqin kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo'q, ammo agar mos variant paydo bo'lsa, takliflarni eshitishga tayyor.
Transfermarkt Nonini 6 million evroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan.
