Evropada JCh-2026 saralashining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
20 NOYABR, 2025, 16:54
Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe WhoScored tahliliy portali talqiniga ko'ra, JCh-2026 uchun Evropa saralashining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Yulduz hujumchi o'yinlari uchun eng yuqori bahoni qo'lga kiritdi - 8,68 ball. Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Edegor 8,66 ball bilan undan biroz ortda qoldi.
Kuchli uchlikni Norvegiya terma jamoasi forvardi Erling Xoland 8,57 ball bilan yakunlab berdi. Shu bilan birga, "Manchester Siti" hujumchisi Evropa saralashining jahon chempionatidagi eng yaxshi to'purariga aylandi.
Saralashning eng yaxshi besh futbolchisi qatoriga Ispaniya terma jamoasi vingeri Mikel Oyarsabal (8,39 ball) va norvegiyalik vinger Antonio Nusa (8,37) ham kirdi.
