logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Tottenxem" jahon darajasidagi darvozabon qidirmoqda

 20 NOYABR, 2025, 13:54

Londonning "Tottenxem" klubi sport rahbariyati yangi darvozabon sotib olmoqchi. Bu haqda Daily Mail Sport xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "shporlar" jahon darajasidagi yangi darvozabonni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Aytish joizki, bu haqdagi ilk mish-mishlar yozda paydo bo'lgandi.

Ayni paytda "Tottenxem" safida uchta darvozabon bor. Birinchi raqamli futbolchi Gulelmo Vikario bo'lib, u barcha musobaqalarda 16 ta o'yin o'tkazgan. Bu mavsumda Antonin Kinski ikki marta maydonga tushdi, ammo Brendon Ostin biror marta maydonga tushmadi.

"Tottenxem" 11 turdan so'ng Angliya chempionati turnir jadvalida 18 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ