Filipp Lam Kimmixning optimal pozitsiyasi qaer ekanligini aytdi
20 NOYABR, 2025, 13:36
"Bavariya"ning mashhur sobiq futbolchisi Filipp Lam Yozua Kimmix uchun optimal pozitsiya haqida gapirdi.
30 yoshli nemis Myunxen klubida maydon markazida o'ynaydi, milliy terma jamoada esa ko'proq o'ng qanot himoyasida harakat qiladi.
"Yozua ikkala pozitsiyada ham ajoyib o'ynay olishini isbotladi. Ko'p narsa uning atrofida kimlar borligiga ham bog'liq. To'g'risini aytsam, men uni ko'proq "sakkizlik" pozitsiyasi futbolchisi sifatida ko'raman, uning yonida himoyachi o'ynashi kerak. Kimmixni murabbiylar o'rnida bo'lganimda aynan shunday joylashtirgan bo'lardim," - deya Lamning so'zlarini keltiradi Sport1.
