logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Atletiko" sobiq futbolchisi: "Braziliya maydon sifati va hakamlik bo'yicha ancha ortda qolmoqda"

 20 NOYABR, 2025, 13:00

"Flamengo" yarim himoyachisi Saul Niges Braziliya A Seriyasidagi sharoitlardan mamnun emas.

Ispaniyalik futbolchi o'tgan yozda erkin agent sifatida "qizil-qoralar" safiga qo'shilgandi.

"Braziliya hakamlik darajasi va maydonlar sifati bo'yicha ancha ortda qolmoqda. Ayniqsa, bu hakamlarga taalluqli. Bir kuni Memfis Depay to'pni ustiga chiqib olgani uchun sariq kartochka oldi. Bu hech qanday mantiqqa to'g'ri kelmaydi", - deya juma kuni 31 yoshini nishonlaydigan Saulning so'zlarini keltiradi The Touchline.

Xavbek "Flamengo" safida 21 ta o'yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Braziliyaga ko'chib o'tgunga qadar futbolchi Madridning "Atletiko" klubi safida 400 dan ortiq o'yin o'tkazgan, shuningdek, "Rayo Valekano", "Sevilya" va "Chelsi" klublarida o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ