logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tibo Kurtua Yamal aytgan gaplar haqida fikrini bildirdi

 20 NOYABR, 2025, 12:54

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua "Barselona" vingeri Lamin Yamal bilan ziddiyat haqida gapirdi.

Belgiyalik futbolchi oktyabr oyida bo'lib o'tgan "el-klasiko"da final hushtagi yangraganidan so'ng 18 yoshli yulduz bilan tortishib qolgandi. Eslatib o'tamiz, o'sha uchrashuv "qaymoqranglilar"ning g'alabasi bilan yakunlangandi (2:1).

"Bu "el-klasiko," adrenalin darajasi juda yuqori edi. Ba'zan keyinchalik ortiqcha deb hisoblagan gaplarni gapirishimiz mumkin. Men Yamal bilan Karvaxal o'rtasidagi janjalni ko'rgan edim, aralashmay ilojim yo'q edi. Ammo bularning barchasi maydonda qoldi - o'ylaymanki, Lamin bilan hech qanday muammo yo'q. Agar ertaga uni restoranda ko'rsam - salomlashaman," - deya Kurtuaning so'zlarini keltiradi ispan OAV.

"Real" La Liganing 12-turidan keyin "Barselona"ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ