logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Atletiko"ning 33 yoshli etakchisi: "Hali jamoaga va ispan futboliga ko'p narsa bera olaman"

 20 NOYABR, 2025, 12:36

Madridning "Atletiko" klubi sharafini himoya qilayotgan ispaniyalik xavbek Koke yoshi haqida gapirdi. Tez orada yarim himoyachi 34 yoshga to'ladi.

"Hozir 33 yoshdaman, men hali ham o'zimni yosh deb hisoblayman. Men "Atletiko"ga va ispan futboliga hali ko'p narsa bera olaman," - deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi AS.

Eslatib o'tamiz, Koke faoliyati davomida "matraschilar" sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi va Madrid klubi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati kelasi yilning yozida tugaydi.

Joriy mavsumda Koke 18 ta o'yinda qatnashib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ