logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karimga ikki top-klub da'vogarlik qilmoqda

 20 NOYABR, 2025, 12:12

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemi kelasi yilning yozida jamoasini o'zgartirishga tayyor.

Germaniyalik futbolchi hozirgi klubida so'nggi mavsumini o'tkazayotgan bo'lish ehtimoli yuqori. Bild ma'lumotlariga ko'ra, Adeyemi allaqachon karerasini davom ettirishning turli variantlarini o'rganmoqda. Ma'lumki, yaqinda 23 yoshli forvardning agenti "Manchester Yunayted" bilan muzokara o'tkazgan va "Milan" ham futbolchi haqida ma'lumot so'ragan edi.

Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, Karim Adeyemining narxi 60 mln evroni tashkil etadi. Joriy mavsumda nemis barcha turnirlarda "asalarilar" safida 14 ta o'yinda 3 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ