logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Atletiko" forvardi yanvarda ketmoqchi

 20 NOYABR, 2025, 06:48

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Aleksandr Sorlot qishki transferlar davrida jamoani tark etmoqchi.

Norvegiyalik futbolchi 2026-yilgi jahon chempionatiga optimal formada kelish uchun asosiy tarkibda doimiy o'yinchi bo'ladigan jamoada o'ynashni xohlaydi, deb xabar beradi jurnalist Yag'iz Sabunjuo'g'lu. Agar "matraschilar" 29 yoshli futbolchini qishda qo'yib yuborishmasa, mavsum yakunlangach xayrlashishlari aniq.

Aleksandr Sorlotning Transfermarkt saytidagi narxi 25 mln evro. Joriy mavsumda forvard "Atletiko" safida 14 ta bahsda qatnashib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Madrid grandining boshlang'ich tarkibida futbolchi atigi olti marta maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ