logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Grimaldoga "Bavariya" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda, "Bayer" uni Myunxen klubiga sotmoqchi emas

 19 NOYABR, 2025, 21:06

Aleks Grimaldo "Bayer"ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Matteo Moretto 30 yoshli himoyachi yana Ispaniyaga o'tishga faol qiziqish bildirayotganini tasdiqladi. U "Bavariya" futbolchining holatini kuzatib borayotganini ta'kidlab o'tdi, shuningdek, agar qaror qabul qilish vaqti kelsa, futbolchining o'zi "Ispaniyaga qaytishni afzal ko'rishi"ga aniqlik kiritdi.

Alexandro Baldening rivojlanishini baholayotgan "Barselona" Grimaldoning ahvolini kuzatib bormoqda, ammo hozircha aniq qadamlar qo'yilmagan.

Morettoning qo'shimcha qilishicha, "Bayer" o'zining eng yaxshi o'yinchilaridan birining "Bavariya"ga o'tishini istamaydi, shuning uchun potentsial transfer bevosita La Liga bilan bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari, u klub va futbolchi o'rtasidagi munosabatlar a'lo darajada ekanligiga ishontirdi: "Agar Grimaldo qachondir Ispaniyaga qaytish istagini bildirsa, hech bir tomon bu harakatga xalaqit bermaydi".

Eslatib o'tamiz, Grimaldo avvalroq "Barselona B"da o'ynagan; ispaniyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ