logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Manba: Endrikning "Real"dan ketishi aniq bo'ldi

 19 NOYABR, 2025, 17:18

Madridning "Real" klubi braziliyalik hujumchisi Endrik Frantsiyaning "Lion" klubiga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Lion" 19 yoshli Endrikni yanvarda ijaraga oladi, ammo futbolchi maoshining bir qismini "Real" to'lashda davom etadi. Bitimda braziliyalik futbolchi o'tkazishi kerak bo'lgan minimal o'yinlar soni ko'rsatiladi. Jarohatlar ko'payib ketgan taqdirda "qaymoqranglilar" Endrikni chaqirib olishlari mumkin.

Joriy mavsumda Endrik Ispaniya La Ligasida faqat bitta o'yinda maydonga tushdi.

Hujumchining "Real" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ