logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shotlandiyani JChga olib chiqqan murabbiy: "Millat bosimini his qilganman"

 19 NOYABR, 2025, 12:42

Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stiv Klark Daniya ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

4:2 hisobida yakunlangan o'yin shotlandlarga 1998 yildan beri birinchi marta jahon chempionatiga yo'llanma berdi.

"Biz jahon chempionatiga boramiz. Yomon emas. Men tanlov boshida millat bosimini his qilganimni aytgandim, endi bu yuk yo'qoldi. Qanday ajoyib o'yinchilar, ular hech qachon taslim bo'lishmaydi! Ular qanchalik yaxshi va o'z mamlakati uchun foyda keltirishga qanchalik tayyor ekanliklari haqida ko'pdan beri gapirib kelaman. Ular buni bugun kechqurun ko'rsatishdi, bu fantastika, bu ajoyib," - deya Klarkning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Shotlandiya 13 ochko bilan saralashni yakunladi. Daniyada 11, Gretsiyada 7, Belarusda 2 ochko bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ