logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kristensen: "O'zimga nisbatan keskin so'zlarga loyiqman"

 19 NOYABR, 2025, 12:12

Daniya terma jamoasi himoyachisi Rasmus Kristensen JCh-2026 saralashi guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan Shotlandiyaga (2:4) qarshi o'yinda maydondan chetlatilgani haqida fikr bildirdi.

29 yoshli futbolchi uchrashuvning 61-daqiqasida qizil kartochka oldi.

"Maydondan chetlatilganimdan keyin o'yinni tomosha qila olmadim. Bu dahshatli edi. Hisob 1:1 bo'lganidan keyin jamoani qiyin ahvolda qoldirdim, deb hisoblayman. Men tanqidlarni qabul qilaman va o'zimga nisbatan keskin so'zlarga loyiqman," - deya Kristensenning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Shotlandiya 13 ochko jamg'arib, S guruhida birinchi o'rinni egallab, JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Daniya ikkinchi o'rinni egalladi va pley-offda o'ynaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ