logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

JCh-2026 saralashi. Qit'alararo pley-off ishtirokchilari ma'lum bo'ldi

 19 NOYABR, 2025, 12:06

19 noyabr, chorshanba kuni KONKAKAFda JCh-2026 saralash bosqichi yakunlandi. Shu tariqa qit'alararo pley-off o'yinlarining barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi.

Unda Iroq va Kongo DR to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma uchun kurashadi. Yamayka, Surinam, Boliviya va Yangi Kaledoniya o'z yurishlarini yarim finaldan boshlaydi. Jamoalar kelasi yilning mart oyi oxirida mundialning ikkita yo'llanmasi uchun kurashadi.

Iroq va Kongo DR yuqoridagi ikki juftlik g'oliblari bilan o'ynaydi, ular qur'a natijalariga ko'ra aniqlanadi. Qur'a 20 noyabr, payshanba kuni bo'lib o'tadi.

Jahon chempionati 2026 yilda Kanada, AQSh va Meksikada bo'lib o'tadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ