"Bavariya" yarim himoyachisiga ikki grand klub qiziqmoqda
19 NOYABR, 2025, 10:36
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska boshqa klublarning e'tiborini tortdi.
Myunxen klubi 30 yoshli futbolchining mavsum oxirida tugaydigan shartnomasini yangilashni rejalashtirmayapti, bu esa tajribali nemis futbolchisini yanvar oyidayoq transfer bozorida arzonlashtirilgan narxda qo'lga kiritishga imkon beradi.
Jurnalist Tobi Altshefflning so'zlariga ko'ra, Turkiyaning "Fenerbaxche" va Italiyaning "Yuventus" klublari Goretskaga qiziqish bildirmoqda.
