VI Islom birdamligi o'yinlari. Medallarimiz 79 ga etdi, Erondan 6 ta "tilla"ga o'zib ketdik (To'liq jadval)
19 NOYABR, 2025, 09:16
O'zbekiston sport delegaciyasi Ar-Riyod shahri mezbonlik qilayotgan VI Islom birdamligi o'yinlarining kechagi kun doirasida 13 ta medal qo'lga kiritdi.Medallar jamg'arish bo'yicha Turkiya terma jamoasi juda katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Ularga hech kim eta olmasligi ancha oldin oydinlashib bo'lgandi. Turk qardoshlarimiz 65 ta oltin, 37 ta kumush, 28 ta bronza, jami 130 ta medal qo'lga kiritib ulgurishdi.
Ikkinchi o'rin uchun kurash keskinlashgan edi. Kechagi medallar shodasidan keyin Erondan 6 ta oltin medal tafovutida uzoqlashdik. O'zbekiston delegaciyasi 25 ta oltin, 29 ta kumush, 25 ta bronza, jami 79 ta medal jamg'arib, 2-o'rinni mustahkam band etgan. Eron delegaciyasi hisobida 19 ta oltin, 17 ta kumush, 23 ta bronza, jami 59 ta medal bor. Misr, Qozog'iston, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Marokash, Nigeriya va Ozarbayjon terma jamoalari Top-10`talikdan joy olgan.
Markaziy Osiyo davlatlarining medallar jamg'arish bo'yicha o'rni:
2. O'zbekiston — 25 ta oltin, 29 ta kumush, 25 ta bronza
5. Qozog'iston — 11 ta oltin, 14 ta kumush, 16 ta bronza
19. Qirg'iz Respublikasi — 1 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza
24. Afg'oniston — 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza
26. Tojikiston — 2 ta kumush, 3 ta bronza


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
