Kyurasao JCh rekordini o'rnatadi
19 NOYABR, 2025, 08:54
Kyurasao terma jamoasi KONKAKAF mintaqasida JCh saralashi so'nggi tur o'yinida Yamayka bilan durang o'ynab (0:0), tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo'l oldi.
Aholisi 150–185 ming kishini tashkil etuvchi ushbu orol Jahon Chempionatida ishtirok etadigan eng kichik davlatga aylanadi.
Hozirda JCh-2026 ishtirokchilari soni 42 taga etdi. 5 dekabr kuni guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.
