Evropa klubi Rodrigoni "Real"dan ijaraga olishi mumkin
19 NOYABR, 2025, 07:48
Madridning "Real" klubi futbolchisi Rodrigo o'yin amaliyoti etishmasligi sababli jamoani tark etishi mumkin. Braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar"ning hozirgi ustozi Xabi Alonso qo'l ostida juda kamdan-kam hollarda asosiy tarkibda maydonga tushadi.
Diario AS xabariga ko'ra, vaziyatni "Galatasaroy" kuzatib bormoqda. Turk klubi qishki transferlar vaqtida 24 yoshli yulduz vingerni ijaraga olish haqida o'ylamoqda. Rodrigoning narxi mashhur Transfermarkt sayti talqiniga ko'ra 80 mln evroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda futbolchi "Real"ning barcha musobaqalardagi 13 ta o'yinida qatnashib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yozda "Santos" tarbiyalanuvchisiga qiziqish Angliya Premer-ligasi grandlari tomonidan bildirilgan edi.
