logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Islom birdamligi o'yinlari. O'zbekistonda 13 ta medal, shulardan to'rttasi oltin! (barcha natijalar bitta sahifada)

 19 NOYABR, 2025, 01:48

Ar-Riyodda VI Islom birdamligi o'yinlarining o'n birinchi kungi bahslari yakunlandi.

O'zbekistonlik sportchilar 18 noyabr kuni o'tkazilgan bellashuvlarda 4 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.


Musobaqada qatnashayotgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


1:10. Engil atletikaning o'nkurash (ko'pkurash) yo'nalishida ishtirok etgan yigitlarimiz ham musobaqani medal bilan tugatishmoqda: Nodir Norboev oltin, Zahiriddin SHokirov esa kumush medalga ega chiqdi!


23:30. Engil atletikaning bosqon uloqtirish yo'nalishida qatnashgan Zarinaxon Nosirjonova 61,69 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi. 


23:15. Engil atletikachimizdan OLTIN!!! Balandlikka sakrash yo'nalishida Amir Nagaev 2,15 metr natija ko'rsatdi va oltin medal sohibiga aylandi!


22:48. Qilichbozimiz Sevara Rahimova finalda turkiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Yana bir KUMUSH!


22:30. Qilichbozlikda yana bir medal: Ilyas Molina turkiyalik raqibiga 14:15 hisobida alamli tarzda yutqazdi. KUMUSH!


22:00. Qilichbozimiz SHahzoda Egamberdieva yarim finalda turkiyalik raqibasiga yutqazdi va bronza medaliga sazovor bo'ldi. 


21:15. Qilichbozlikda o'zbekcha derbi yakunlandi. Rapirachi yigitlarimiz o'rtasidagi bahsda Ilyas Molina Radmir Semeneevni mag'lub etdi va finalga chiqdi. Radmir esa musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi.


21:10. OLTINNN!!! Engil atletikaning uch xatlab sakrash dasturida Ibrohim Mahkamov 16,74 metr natija bilan chempionlik unvoniga sazovor bo'ldi. 


20:35. -77 kg vaznli yunon-rum kurashchimiz Abdullo Aliev bronza uchun kechgan jangda ozarbayjonlik raqibini taslim etdi. Yana bitta bronza!


20:10. Yunon-rum kurashchimiz Aytjan Xalmaxanov bronza uchun kechgan jangda qatarlik raqibini mag'lub etdi va sovrindorga aylandi. 


19:51. OLTINNNN!!! Alisher G'aniev yunon-rum kurashida (-60 kg) chempionlikni qo'lga kiritdi. U finalda turkiyalik raqibini mag'lub etdi.


19:35. 400 metrga yugurish saralashida Jonbibi Hukmova 54.99 soniya natija ko'rsatdi va afsuski finalga chiqa olmadi. 


Yunon-rum kurashchilarimizning kechki dasturdagi raqiblari: 

-67 kg: Aytjan Xalmaxanov – Aref Muhammadi (Qatar) (bronza)

-77 kg: Abdullo Aliev – Ulvu Ganizade (Ozarbayjon) (bronza)

-60 kg: Alisher G'aniev – Erek O'zturk (Turkiya) (oltin)


17:00. Soat 19:30 dan boshlab yunon-rum kurashida medallar uchun bellashuvlar boshlanadi. 


16:15. Para engil atletika. Disk uloqtirish bahslarida Yorqinbek Odilov 46.26 metr natija bilan ikkinchi bo'ldi va kumush medalga ega chiqdi. 


16:00. Qilichboz qizlarimiz saralashdagi ishtiroklarini boshlashdi. 


Yunon-rum kurashchilarimiz yarim final janglarini o'tkazishdi:

77 kg, 1/2 final. Abdullo Aliev 0:6 Amir Abdi (Eron)

60 kg, 1/2 final. Alisher G'aniev 8:0 Ali Vafa (Eron)

67 kg, 1/2 final. Aytjan Xalmaxanov 0:9 Said Leivesi (Eron)


13:33. Abdullo Aliev (77 kg) va Aytjan Xalmaxanov (67 kg) yarim finalga yo'l olishdi. Aliev bu yo'lda afg'onistonlik Gul Nurini 11:0, Xalmaxanov esa Turkiya vakili Mustafa Yildirimni 5:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


13:18. Yunon-rum kurashchilarimiz ham musobaqadagi yurishini boshlashdi. 77 kg vaznli Abdullo Aliev nimchorak final bosqichida Saudiya Arabistoni vakili Hassan Barnavini 5:0 hisobida mag'lub etdi. Jalgasbay Berdimuratov (87 kg) qirg'izistonlik Asan Janeshovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHuningdek, 60 kg vazndagi Alisher G'aniev chorak final bosqichida ozarbayjonlik Nihat Mammadlini musobaqadan chiqarib yubordi — 3:0.


13:15. O'nkurash dasturida disk uloqtirish bellashuvlari ham yakunlandi. Bahslarda Zahriddin SHokirov 44.31 m bilan birinchi, Nodir Norboev esa 42.43 m natija bilan ikkinchi bo'ldi.


12:12. Engil atletikaning erkaklar o'rtasida o'nkurash dasturi doirasida 110 m masofaga to'siqlar osha yugurish bahsi yakunlandi. Unda Nodir Norboev 14.72 soniya bilan bir, Zahriddin SHokirov esa 15:02 soniya bilan ikkinchi natijani qayd etdi.


12:09. Rapirachilar Ilyas Molina va Radmir Semeneev dastlabki bahslarini o'tkazishdi. Molina 2 ta jangda 2 ta g'alaba, Semeneev esa 1 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi.


— — — — — 

Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati: 

QILICHBOZLIK

11:00. Radmir Semeneev — rapira yakkalik, saralash

11:00. Ilyas Molina — rapira yakkalik, saralash

15:00. Sevara Rahimova — shpaga yakkalik, saralash

15:00. SHahzoda Egamberdieva — shpaga yakkalik, saralash.

YUNON-RUM KURASHI

12:00. 77 kg, 1/8 final. Abdullo Aliev — Barnovi X (Saudiya Arabistoni)

12:30. 87 kg, 1/8 final. Jalgasbay Berdimuratov — Janeshov A (Qirg'iziston)

12:35. 60 kg, 1/4 final. Alisher G'aniev — Madi L. (Kamar orollari) yoki Mammadli L. (Ozorbayjon)

13:15. 67 kg, 1/4 final. Aytjan Xalmaxanov — Vildirim M. (Turkiya).

ENGIL ATLETIKA

12:00. Nodir Norboev — (o'nkurash) 110m g'ovlar osha yugurish, 1500m, disk uloqtirish, langar cho'pda sakrash, nayza uloqtirish

12:00. Zahriddin SHokirov — (o'nkurash) 110m g'ovlar osha yugurish, 1500m, disk uloqtirish, langar cho'pda sakrash, nayza uloqtirish

13:25. Jonbibi Hukmova — 400 m, saralash

20:05. Ibrohim Mahkamov — uch hatlab sakrash, final

22:00. Nurxon Ochilova — 400 m g'ovlar osha yugurish, final

22:05. Amir Nagaev — balandlikka sakrash, final

22:10. Hasanbek Rustamjonov — 400 m g'ovlar osha yugurish, final

22:30. Zarina Nosirjonova — bosqon uloqtirish, final

22:40. Dilshoda Usmonova — 3000 m, final

23:30. Doston Rajabov — yadro uloqtirish, final

23:35. Abbosbek Toshtemirov — 400 m, saralash

00:55. Laylo Allaberganova — 100 m, saralash va final.

PARA ENGIL ATLETIKA

13:15. Yorqinbek Odilov — disk uloqtirish F57, final

13:15. Ilxom Turg'unov — disk uloqtirish F57, final.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ