logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Al Ain Cup. O'zbekiston Eronni bu safar penaltilar seriyasida mag'lub etdi. Abduqodir Husanov qizil kartochka oldi

 18 NOYABR, 2025, 23:12

Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazilgan Al Ain Cup o'rtoqlik turniri yakunlandi. Finalda O'zbekiston Eronga qarshi bahs o'tkazdi.

O'yinning asosiy vaqtida 0:0 hisobi qayd etildi. Penaltilarda vakillarimiz aniqroq harakat qilishdi - 4:3.

O'zbekiston 68-daqiqada Abduqodir Husanovning to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkasi sabab o'yinni bir kishi kam yakunladi.

Kecha turnirning uchinchi o'rin uchun o'yinida Misr ham Kabo-Verdeni penaltilar seriyasida enggan edi.

Al Ain Cup. Final

O'zbekiston - Eron - 0:0, penaltilar seriyasi - 4:3

18 noyabr, 21:00

O'zbekiston: Abduvohid Ne'matov, Abduqodir Husanov, Farruh Sayfiev (Rustam Ashurmatov, 88), Otabek Shukurov (Akmal Mozgovoy, 79), Odil Hamrobekov, Aziz G'aniev (Xojimat Erkinov,64), Oston O'runov (Jamshid Iskanderov,64), Sherzod Nasrullaev, Eldor Shomurodov, Abdulla Abdullaev, Husniddin Aliqulov

Eron: Alirizo Beyronvand, Solih Hardani, Majid Hussayni, Shojai Xalilzoda, Milod Muhammadi, Said Izzatullohi (Muhammad Gorbani,10) Saman Goddos (Ali Rizo Kushki, 80), Mehdi Gayedi, Mehdi Taremi, Amirhussayn Husaynzoda (Muhammad Mohibi,80), Ali Alipur

Ogohlantirish: Farruh Sayfiev (O'zbekiston) 54

Chetlatish: Abduqodir Husanov (O'zbekiston) 68

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ