logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola "Barselona"ga qaytishini inkor etmadi

 18 NOYABR, 2025, 22:42

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona"ga qaytishi haqida gapirdi.

Goal portalining xabar berishicha, Gvardiola RAC1 uchun bergan intervyusida "Barselona" unga ham futbolchi, ham murabbiy sifatida hamma narsani berganini ta'kidlagan. Xosep qaytish imkoniyatini istisno qilmadi.

"Men "Barselona"ga qaytishni istisno qilmayman," - dedi Gvardiola boshqa narsalar qatorida.

Xosep Gvardiola murabbiy sifatida 2008-2012 yillarda "Barselona"ning asosiy jamoasida ishlagan. O'sha davrda kataloniyaliklar ko'plab unvonlarni qo'lga kiritdi, xususan, uch marta Ispaniya chempioni bo'ldi va ikki marta Evropa chempionlari kubogini boshi uzra ko'tardi.

"Manchester Siti"ga Xosep Gvardiola 2016 yilning yozidan buyon ustozlik qilib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ