"Manchester Yunayted" Kes Smit uchun "Liverpul" bilan poygaga kirishdi
18 NOYABR, 2025, 20:12
CentreDevils nashrining xabar berishicha, ingliz klubi "Manchester Yunayted" 19 yoshli niderlandiyalik yarim himoyachi Kes Smitni sotib olishni ko'rib chiqmoqda.
Futbolchi Evropadagi eng istiqbolli yosh iste'dodlardan biri hisoblanadi. "Liverpul", "Real Madrid" va "Barselona" ilgari unga qiziqish bildirgan edi.
Smit 2024 yildan beri "AZ Alkmaar"da o'ynaydi. Bu mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va to'rtta golli uzatmani amalga oshirgan.
