logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

U-17 JCh. Italiyaga munosib qarshilik ko'rsatib, mag'lub bo'ldik

 18 NOYABR, 2025, 19:42

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi uchun Qatar mundiali yakunlandi. Vakillarimiz 1/8 finalda Italiyaga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.

19-daqiqada Tomas Kompanello italiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'lim boshida, 56-daqiqada Amirxon Murodov burchak zarbasidan so'ng muvozanatni tikladi. 68-daqiqada yana o'sha Kompanello jamoasining ikkinchi golini urgan bo'lsa, 69-daqiqada Dauda Iddrissa 3-golga mualliflik qildi.

Zaxiradan maydonga tushgan hujumchimiz Asilbek Aliev 89-daqiqada raqibiga tirsagi bilan zarba bergani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.

90+4-daqiqada Azizbek Erimbetov yakuniy golni kiritdi - 2:3.

U-17 JCh. 1/8 final

Italiya - O'zbekiston - 3:2

18 noyabr, 17:30

Gollar: 1:0 – 19, Tomas Kampanello, 1:1 – 56, Amirxon Murodov, 2:1 – 68, Tomas Kampanello, 3:1 – 70, Dauda Iddrisa, 3:2 – 90+4, Azizbek Erimbetov

Italiya: Alessandro Longoni, Dauda Iddrisa, Vinchentso Prisko (Alessio Baralla, 72), Luka Rejani, Tomas Kampanello (Benit Borasio, 83), Samuele Inasio, Destini Elimogale (Simone Lontani, 59), David Marini (Jan Mambuku, 59), Kristiano De Paoli, Valerio Makkaroni (Andrea Luongo, 59), Federiko Steffanoni.

O'zbekiston: Ibrohim Shokirov, Mo'minxon Baxodirxonov, Amirxon Murodov, Sadriddin Hasanov, Nurbek Sarsenbaev (Asilbek Aliev, 66), Sayfiddin Sodiqov (Jamshidbek Rustamov, 74), Abdulmalik Anvarov (Behruz Saidmurodov, 74), Muhammadali Musaxonov (Miraziz Abdukarimov, 83), Azizbek Abdumo'minov (Muhammad Habibullaev, 46), Abubakir Shukurullaev, Azizbek Erimbetov.

Ogohlantirishlar: Abubakir Shukurullaev (25), Azizbek Abdumo'minov (40)

Chetlatish: Asilbek Aliev (89)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ