Riyod-2025: Yorqinbek Odilov kumush medal sohibi bo'ldi
18 NOYABR, 2025, 16:54
Para engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Yorqinbek Odilov Islom birdamligi o'yinlarida sovrindorlar qatoridan joy oldi.
F57 klassida disk uloqtirish bahslarida qatnashgan hamyurtimiz 46.26 metr bilan kumush medalga ega chiqdi.
