logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" Gravenberx bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi

 18 NOYABR, 2025, 15:00

"Liverpul" yarimhimoyachisi Rayan Gravenberx klub bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga bir qadam yaqinlashdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar 2030 yoki 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi kelishuv tuzishga tobora yaqinlashmoqda. Ta'kidlanishicha, Gravenberx o'tgan yozda "Enfild"ni tark etishni istamagani uchun Saudiya klubining katta taklifini rad etgan.

Joriy mavsumda 23 yoshli Gravenberx barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Gravenberxning narxi 90 million evroga teng.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ