Benzema: "O'zimni futbolda yana ikki yil ko'ryapman"
18 NOYABR, 2025, 14:42
2022 yilgi "Oltin to'p" sohibi Karim Benzema "Al-Ittihod"dagi kelajagi borasida hali bir qarorga kelmaganini tan oldi, shuningdek, Evropadan takliflar borligini aytdi.
37 yoshli frantsiyalik hujumchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
"Bu erda shartnomam yakuniga etmoqda, bu haqiqat. Hozircha qolishim yoki ketishimni ayta olmayman - bu ko'p omillarga bog'liq. Dekabr oyida 38 yoshga to'laman. O'zimni futbolda yana ikki yil ko'ryapman. Jismoniy jihatdan yaxshiman, ko'p ishlayman va o'ynayman, futbolni yaxshi ko'raman, zavq olaman.
Ko'ramiz, nima bo'larkin, klub nima deb o'ylarkin. Men uchun eng yaxshisi shu erda qolish, lekin yana bir-ikki yil qolish uchungina emas. Men bunday qilolmayman. Saudiya Arabistonida futbol darajasi yaxshilanib bormoqda, deb hisoblayman. Men bu erda uch yildan beri ishlayman va u tobora o'sib bormoqda", dedi Karim.
