Modrich Jahon chempionati qur'asini sabrsizlik bilan kutmoqda
18 NOYABR, 2025, 13:18
Xorvatiya terma jamoasi etakchisi Luka Modrich Jahon chempionati-2026 qur'asini kutayotganini aytdi.
"Kimlar bilan o'ynashimizni ko'rish uchun qur'ani intizorlik bilan kutmoqdamiz. Qaerda o'ynashimizni tezroq bilishni istaymiz. Yoz uzoq bo'lishiga umid qilamiz, ammo bunga asta-sekin, qadam-baqadam erishamiz. Avvalo, o'z klublarimizga e'tibor qaratishimiz lozim," deya ta'kidladi 40 yoshli Modrich.
Eslatib o'tamiz. JCh-2026ga 5 dekabr kuni Vashingtonda qur'a tashlanadi.
